
Sharofiddin Lutfillaev - Abu Dabi katta dubulg‘a turniri bronza medali sohibi
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida dzyudo bo‘yicha «Katta dubulg‘a» musobaqasi boshlandi. Ushbu nufuzli turnirda o‘zbekistonlik polvonlar ham ishtirok etishmoqda.
Bugun -60 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Sharofiddin Lutfullaev Ukraina, Gruziya vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalgacha etib bordi. Final ostonasida esa u afsuski boshqa bir gruziyalik raqibga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Hamyurtimiz bronza medali uchun kechgan jangda qozog‘istonlik Eldosh Smetovni mag‘lub etdi va sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi.
Fikrlar