Shahram G‘iyosov qachon chempionlik kamari uchun jang qilishini aytdi

  • 27 noyabr, 2018, 19:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

25 noyabr kuni AQShning Nyu-Jersi shtati, Atlantik-Siti shahrida kechgan professional boks kechasida o‘zining navbatdagi jangini meksikalik Migel Zamudioga qarshi o‘tkazib, 1 raunddayoq uni nokautga uchratgan bokchimiz Shahram G‘iyosov bugun yurtimizga qaytib keldi.

Tecno

Iqtidorli bokschimiz SPORTS.uz sayti muhbiriga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Ochig‘i ushbu raqibim bilan kamida 8 raund jang olib borsam kerak deb o‘ylagandim. Biroq, bu safargi raqibimni ham xuddi avvalgilari singari dastlabki raundning o‘zidayoq nokautga uchrata oldim. To‘g‘risi bunday bo‘lishini hech kim kutmagandi.

Endi bu bilan to‘xtab qolmoqchi emasmiz va kelajakda bundanda kuchliroq raqiblar bilan jang qilishni maqsad qilganmiz. Qolaversa, kuchli bokschilarning o‘zlari ham endi biz bilan aloqaga chiqishadi. Promouterlarimiz oldimizga juda katta rejalar qo‘ygan. Nasib qilsa yana 2-3ta jangdan so‘ng jahon chempionligi kamari uchun janglarda ishtirok etishni rejalashtirganmiz”, - deydi G‘iyosov.

Eslatib o‘tamiz, bu uning professional boksdagi oltinchi jangi bo‘ldi va u hozircha barcha raqiblarini mag‘lub etib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!