
Shahram G‘iyosov bu safargi raqibini ham nokautga uchratdi
Havaskor boksda Rio olimpiadasi kumush medali sohibi, jahon chempioni, ayni damda esa professional boksda faoliyat olib borayotgan iqtidorli bokschimiz Shahram G‘iyosov bugun o‘zining oltinchi jangini o‘tkazdi. Unga navbatdagi jangda meksikalik Migel Zamudio raqiblik qildi. Shahram jangni juda faol boshladi. U sakkiz raundga mo‘ljallangan jangning birinchi raundidayoq raqibini nokautga uchratdi va faoliyatidagi oltinchi g‘alabasini tantana qildi.
Ma’lumot uchun, Shahram bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda professional boksda 6 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. 5 ta bahsni u muddatidan oldin yakunlay olgan. 27 yoshli Zamudio esa professional boksda 54 marotaba jang qilishga ulgurgan. Janglarning 41 tasida u g‘alaba qozongan (25 tasi nokaut evaziga). 12 ta jangda esa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan (10 ta nokaut). Yana bitta jangda esa durangga erishgan.
Fikrlar