
Serena Uilyams 37 yoshga to‘ldi
Bugun amerikaning eng kuchli, sobiq dunyoning birinchi raqamli tennischisi Serena Uilyams tavallud topganiga 37 yil bo‘ldi.
Serena Uilyams 1981 yilning 26 sentyabr kuni Saginouda (AQSh) tug‘ilgan. Serena tennis bilan besh yoshidan beri shug‘ullanadi va 1995 yil 14 yoshida professional tennisga qadam qo‘yadi.
U faoliyati davomida yakkalik bahslarida 72 turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. Ulardan 23tasi "Katta dubulg‘a" musobaqalarining bosh sovrinidir. Shuningdek Serena sportchilik faoliyatida 84,463,131 AQSh dollarini ishlab topgan. Bu esa ayollar tennisida rekord hisoblanadi.
Fikrlar