Sarri Kurtuaning transferi bo‘yicha o‘z fikrni bildirdi

  • 6 avgust, 2018, 12:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri jamoa darvozaboni Tibo Kurtuaning agentining so‘zlariga o‘z fikrini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, kiperning agenti Tibo jamoani tark etishni xohlayotganini aytib o‘tgandi.

Tecno

- Agentning so‘zlari meni qiziqtirmaydi. Qanday xabar bo‘lishiga qaramay buni Kurtuaning o‘zi menga xabar berishi darkor. O‘ylashimcha, ertaga u ham jamoani tark etishni xohlayotganini menga aytib o‘tadi.
Nima bo‘lishiga qaramay, men "Chelsi" safida yuqori darajadagi futbolchilarni ko‘rmoqchiman, 
- deya Sarrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sports nashri.

Avvalroq xabar berganimizdek, Tibo faoliyatini "Real Madrid"da davom ettirishni xohlayotganini ta’kidlab o‘tgandi.

Ma’lumot uchun, kiperning "aristokratlar" bilan shartnomasi 2019 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!