
"Santyago Bernabeu"ga 71 yil
1912 yilda "Real" Madriddagi eng katta qumloq maydonni oladi. Muxlislar oq panjara ortida joylashgan maysazorni ko‘rish uchun pul to‘lab kirishar edi. "Real" o‘sha vaqtlarda konkret maydonga ega emas edi va Madriddagi turli maydonlarda o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazar edi. 1924 yilda esa jamoa yangi stadionga ko‘chib o‘tadi. Bu stadionning nomi - 15 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘diradigan "Chamartin" edi.
1943 yilda esa klub prezidentligiga Santyago Bernabeu keladi va Ispaniyadagi eng katta stadion - "Yangi Chamartin"ni qurishga qaror qiladi. 1955 yilda esa yangi stadion "Santyago Bernabeu" nomini oladi.
1947 yilning 14 dekabrida esa "qirollik klubi" yangi arenadagi ilk o‘yinini o‘tkazadi. Ularga shu kuni Portugaliyaning "Belenensesh" jamoasi raqiblik qiladi va 3:1 hisobida g‘alaba qozonadi.
80 yillarda esa "Bernabeu"ni JCh-82 turniri uchun hozirgi ko‘rinishda rekonstruktsiya qilinadi.
Hozirda esa muhtasham arena super zamonaviy tusga keltirish ustida ish olib borilmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda "Santyago Bernabeu"ning ta’mirlash ishlari “Real”ga 525 million evroga tushadi. Qurilish ishlari esa 2019 yil boshidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Fikrlar