Sanches bugun "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin
“Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Aleksis Sanches bugun APLning 21-turida “Nyukasl”ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvda jamoasiga yordam bera oladi.
Manchester Evening News nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli chililik futbolchi jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lgan. MYu bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherning aytishicha u bugungi bahsda maydonga tusha oladi.
Ma’lumot uchun, “Nyukasl” – “Manchester Yunayted” bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.



Fikrlar