
Sambo: Hamyurtlarimizdan oltin va kumush
Osiyo o‘yinlariningbugungi kun bahslarida hamyurtlarimiz o‘z ishtiroklarini yakunlashdi.
Kun dasturidan o‘rin olgan sambo bahslarida hamyurtlarimiz medallarimiz jamg‘armasini bittadan oltin va kumush medallari bilan boyitishdi.
Xususan, ayollar o‘rtasidagi -68 kg vazn toifasida Nilufar Davletova Dildash Kurishbaeva bilan bahsda raqibasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va Osiyo o‘yinlarining kumush medali sohibasiga aylandi.
Shuningdek, -90 kg vazn toifasida Kamoliddin Xolmamatov tojikistonlik Umed Xasanbekovni mag‘lub etgan holda, Osiyo o‘yinlaridagi medallarimiz sonini 21 taga etkazib qo‘ydi.
Fikrlar