Sabina Sharipova bugun kortga chiqadi

  • 19 iyul, 2018, 04:15
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Xabaringiz bor Qozog‘istonning Ostona shahrida ayollar o‘rtasida tennis bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 80.000 AQSh dollarini tashkil qiluvchi ITF musobaqasi o‘tkazilmoqda.

Tecno

Unda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova musobaqaning ilk davrasida germaniyalik Vivian Xaysenni 5:7, 6:1, 6:3 hisoblarida mag‘lub etib, ikkinchi davraga yo‘l olgan edi.

Bugun tennischimiz ushbu musobaqaning ikkinchi davrasida turkiyalik Berfu Chengizga qarshi kortga chiqadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan 10:00da boshlanishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!