
Rustam To‘laganov chempion bo‘la olmadi?
Samarqand shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida kutilmagan natijalar qayd etilmoqda.
Musobaqaning 91 kilogramgacha van toifasida o‘tgan bellashuvda Rustam To‘laganov (Tosh-Dinamo) va Madiyor Saidrahimov (MVSK-T.v.) mamlakat chempionligi uchun kurash olib bordi.
Mazkur jangdan avval Rustam oyog‘idan jarohat oldi. Biroq u jarohat bo‘lsa-da, oltin medal uchun kuch sinashdi. Afsuski, R.To‘laganov ushbu jangda mag‘lub bo‘ldi.
Shu tariqa, zafar quchgan Madiyor O‘zbekiston chempioni deya e’tirof etildi.
Fikrlar