Rus go‘zalini olimpiya oltin medalini olib qo‘yib, o‘zini sportdan haydashdi

CHERY AUTO

 

Tecno
 

Rossiyalik engil atletikachi Mariya Savinova 2012 yilgi Olimpiya o‘yinlaridagi g‘alabasi bekor qilinib, qo‘lga kiritilgan oltin medal olib qo‘yildi. Sportchi qizning o‘zi to‘rt yilga sportdan haydaldi.

Sport arbitraj sudining rasmiy ma’lumotiga qaraganda, Mariya Savinova uzoq muddat davomida doping qoidalarini buzgani aniqlangan.

- Mariya Sasinova-Fasonovaning 2010 yilning 26 iyulidan 2013 yilning 19 avgustiga bo‘lgan muddat mobaynida doping qoidalarini buzgani isbotlandi, - deyiladi Sport arbitraj sudi bayonotida. - Buning oqibatida sportchining bu muddat ichida qo‘lga kiritgan barcha natijalari bekor qilinadi.

800 metrga yugurish bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari g‘olibasi bo‘lgan rossiyalik sportchi yuqorida ko‘rsatilgan muddatda jahon va Evropa chempionatlarida erishgan barcha sovrinlaridan ham mahrum etildi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!