
Rossiya terma jamoasi futbolchisi faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytdi
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi himoyachisi Yuriy Jirkov faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytdi.
“Hozircha kelajak faoliyatim haqida biron nima deya olmayman. Bo‘lajak o‘yinlarda ko‘ramiz. Xudo bo‘ladi, hamma narsa bo‘lishi mumkin. Chunki, jarohatim juda jiddiy bo‘lib chiqqan edi. Jarrohlik amaliyotini o‘tkazishim ham mumkin edi, ammo shifokorlar mening holatimda bung hojat yo‘qligini aytishdi”, - deydi Jirkov.
Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli rossiyalik futbolchi o‘tgan yoz JCh-2018ning nimchorak finalida Ispaniyaga qarshi bahsda jarohat olgan edi. Shundan buyon u maydonga tushmadi.
Ma’lumot uchun, Jirkov faoliyati davomida "Spartak" Tambov, TsSKA, "Chelsi", "Anji" va "Dinamo" Moskva klublarida to‘p surgan.
Fikrlar