
Ronalduni to‘xtatishning iloji bor
Myunxenning “Bavariya” klubi himoyachisi Jerom Boateng EChL yarim finalida “Real”ga qarshi kechadigan bahsda Krishtianu Ronalduni qanday to‘xtatish mumkinligini aytib o‘tdi.
“Biz Ronalduni faqatgina jamoaviy harakat bilan to‘xtatib qolishimiz mumkin. Jarima maydoni ichida u xuddi mashina. Uni butunlay yopishning umuman ilojisi yo‘q. U doimo ilojini topadi.
“Real” – uning atrofida o‘yinni tashkil etadi. Shunday ekan, unga imkon qadar kam erkinlik berishimiz kerak”, – deb aytib o‘tdi Boateng Sky Sports’ga.
Ma’lumot uchun, “Bavariya” – “Real” o‘yini 25 aprel kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi. Javob bahsi esa 1 may sanasida Madridda o‘tadi.
Fikrlar