Ronaldu debyut uchrashuvida "Kevo" darvozaboniga jiddiy jarohat etkazdi
"Kevo" klubi darvozaboni Stefano Sorrentino kecha A Seriyaning ilk turida "Yuventus"ga (2:3) qarshi o‘yinda jiddiy jarohat oldi.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 39 yoshli darvozabon turinliklar forvardi Krishtianu Ronaldu bilan bo‘lgan to‘qnashuvdan so‘ng biroz vaqt maydonda hushsiz qoldi. Shifokorlarning ma’lum qilishicha ushbu holatda Sorrentinoning burni singan va miyasi chayqalgan. U bugun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng uning qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ladi.



Fikrlar