
Ronaldu, Desham, "Atletiko" yoxud Globe Soccer Awards dunyoning eng yaxshilarini e’lon qildi
Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu Globe Soccer Awards talqini bo‘yicha dunyoning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
33 yoshli portugaliyalik futbolchi Evropa klublar assotsiatsiyasi (ECA) va Evropa futbol agentlari assotsiatsiyasi (EFAA) o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada birinchi o‘rinni egalladi.
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham esa yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Dunyoning eng zo‘r klubi esa "Atletiko" Madrid bo‘ldi.
Fikrlar