
Ronaldo Ronalduni barcha davrlarning ramziy terma jamoasiga kiritmadi (+foto)
Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldo barcha davrlar va xalqlar futbolchilaridan iborat jahon terma jamoasini tuzib chiqdi, deya xabar beradi AS nashri.
Qizig‘i shundaki, barcha davr yulduzlarining ushbu terma jamoasiga portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu kiritilmagan, biroq eng yaxshi 11 nafar futbolchilar orasida argentinalik Lionel Messi bor.
Ronaldoning mazkur terma jamoasidan uch nafar braziliyalik futbolchi o‘rin olgan. Ular himoyachi Kafu va Roberto Karlos, va shuningdek hujumchi Pele.
To‘liq terma jamoa quyidagicha ko‘rinish hosil qilgan:
Janluiji Buffon (darvozabon), Kafu, Fabio Kannavaro, Paolo Maldini, Roberto Karlos, Diego Maradona, Andrea Pirlo, Zinedin Zidan, Lionel Messi, Pele, Ronaldo.
Fikrlar