"Roma" Jekoni o‘zida saqlab qolmoqchi

  • 17 may, 2018, 11:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimning “Roma” klubi AQSh jamoalarining qiziqishlariga sabab bo‘layotgan hujumchisi Edin Jekoni o‘z safida olib qolmoqchi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli bosniyalik futbolchiga "Los-Anjeles" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shu bois “bo‘rilar” Jeko bilan 2020 yilga qadar tuzilgan shartnomani yana bir yilga uzaytirib, uning maoshini oshirishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Jeko joriy mavsum “Roma” safida jami 48ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 24ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!