Robben bugun "nemis klasikosi"da "Bavariya"ga yordam berolmaydi

  • 10 noyabr, 2018, 09:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning “Bavariya” klubi vingeri Aren Robben bugun “Borussiya” Dortmundga qarshi muhim o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Tecno

Klub rasmiy tvitteri bergan ma’lumotlarga ko‘ra 34 yoshli gollandiyalik futbolchining tizzasida kichik jarohat bor. Ta’kidlash kerakki, Robben joriy mavsum “Bavariya” safida jami 13ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, “Borussiya” Dortmund – “Bavariya” bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!