Reshford MYu tarixiga kirdi

  • 3 fevral, 2019, 20:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi forvardi Markus Reshford ayni damda "Lester"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmoqda. E’tiborlisi, bu 21 yoshli futbolchi uchun APLdagi yubiley 100-o‘yin bo‘ldi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Tecno

E’tiborlisi, bugun 21 yoshu 95 kunlik bo‘lgan Reshford APLda 100ta o‘yinda ishtirok etgan MYu tarixidagi ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi. Ta’kidlash kerakki, bu boradagi rekord afsonaviy Rayan Gigzga (21 yosh 73 kun) tegishli.

Ma’lumot uchun, Reshford joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 29ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!