
Reshford 52 yillik rekordni takrorladi
Angliya terma jamoasi forvardi Markus Reshford joriy 2018 yilda terma jamoa o‘tkazgan 17ta o‘yinidan 16tasida ishtirok etdi.
The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli futbolchi shu tariqa afsonaviy Jek Charltonning rekordini takrorladi. Boisi, Charlton ham 1966 yil Angliya terma jamoasi safida yil davomida jami 16ta bahsda ishtirok etgan.
Fikrlar