
«Real»ning yaqin kelajakdagi asosiy tarkibi qanday ko‘rinish hosil qiladi?
«Qaymoqranglilar» so‘nggi vaqtlarda o‘zining o‘sha mashhur «Galaktika» qurish transfer siyosatidan butkul voz kechgan va iqtidorli yoshlarga investitsiya kiritish bo‘yicha so‘nggi besh yil ichida misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishmoqda.
«Real Madrid» jahon darajasidagi futbolchilarni olib kelishi albatta so‘nggi besh yilda qatorasiga uch marta Chempionlar Ligasi bosh sovrinini yutib olishlariga sabab bo‘ldi. Ammo o‘sha tarkib Krishtianu Ronaldusiz qiyinchilikka duch kelganini ko‘rsatmoqda.
Bu holat Zinedin Zidanning bosh murabbiy sifatidagi so‘nggi mavsumida ham yaqqol ko‘rindi. La Ligani uchinchi o‘rinda yakunlagan madridliklar mavsumni Chempionlar Ligasidagi g‘alaba bilan qutqarib qolishning uddasidan chiqishdi.
Zizu ketganidan keyin eski muammolar Xulen Lopetegining qisqa muddatlik faoliyatida ham bo‘y ko‘rsatdi. Uning o‘rniga kelgan Santyago Solari ham o‘xshash muammolar girdobida qolmoqda. La Liganing so‘nggi turida o‘z uy stadionidagi mag‘lubiyat tufayli «qirollik klubi» azaliy raqiblari va musobaqa peshqadami «Barselona»dan 10 ochkgoga ortda qolmoqda va beshinchi o‘ringacha tushib ketishdi. Mavsumning ikkinchi davrasida ular qattiqroq mehnat qilish kerakligi oshkor bo‘ldi.
Sahna ortida esa klub prezidenti Florentino Peres «bog‘ni tozalash» ishlari bilan yugurib yuribdi. Marko Asensio va Vinisius Juniorlar timsolida klub yaqin besh yildagi tarkibini aynan ular atrofida qurish rejasini tuzishgan.
«Xalqaro futbolga bo‘lgan qarash o‘zgardi va biz ham moslashdik va voqelikka duch kelmoqdamiz» – dedi Peres 2018-yil yozida bergan intervyusida. U buni 19 yashar rossiyalik posbon Andrey Luninning tanishtirish marosimida aytgan edi. «Galaktika»ning sobiq qiroli Premer Liganing moliyaviy baquvvatligi va neftdan tushadigan millionlar evaziga qurilgan «Manchester Siti» va «PSJ»lar bilan raqobatlashishda «Real» ortiq hukmronlik qila olmasligini tan oldi.
Yangi yo‘nalish bu ertaning yulduzlarini saralab olib kelishga aylandi. Lunin «Real»ning 2013-yil iyunidan beri imzolagan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarning 22-siga aylandi. Bunga Mariano Diasning «Lion»dan qaytarib sotib olinganini ham qo‘shadigan bo‘lsak, klub iqtidorli yoshlar uchun 350 million evro sarfladi.
Albatta ushbu transferlarga sarflangan investitsiyaning barchasi o‘z mevasini beradi, deyish qiyin. Xese, Aser Illaramendi va Alvaro Moratalar «Santyago Bernabeu»da shubhasiz mavjud salohiyatlariga qaramay ular ayni vaqtda turli klublarda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Hozirgi tarkibdan ikkitasi – Vinisius Junior va Dani Sebaloslar hali o‘z iqtidorini to‘liq namoyon qilganicha yo‘q. Garchi klub ushbu transferlar uchun 60 million evrodan ortiq pul sarflagan bo‘lsada, ular Luka Modrich va Karim Benzemalarning o‘rnini to‘liq bosa olmaydi.
Hatto 21 yoshida «Malaga»dan katta umidlar evaziga olib kelingan Isko ham «Bernabeu»da qiyinchilikka uchrab kelmoqda. Ispaniyalik yarim himoyachi hanuzgacha asosiy tarkibdan o‘rin olishning uddasidan chiqa olmayapti. Ammo klubning yaqin kelajagi hatto «Barselona»nikidan ham porloq ko‘rinmoqda. Klub tarkibida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar soni kataloniyaliklarnikidan ancha ko‘p.
Bu ko‘rsatkich yozda yanada ortishi mumkin. «Santos»dan Rodrigo va yaqinda «Manchester Siti»dan qo‘shib olingan 19 yoshli Braim Diaslar madridliklar kelajagi bo‘lishi turgan gap. Ushbu ro‘yxatga Kopa Libertadores musobaqasida jamoasini g‘alaba sari etaklagan 20 yashar Ezekiel Palasios «River Pleyt»dan kelib qo‘shilishi mumkin.
«Vitess»da fantastik sport formasiga ega bo‘lib borayotgan va endigina 20 yoshni qarshi olgan Martin Odegaardni ham unutmaslik kerak. «U yaxshi rivojlanishda davom etmoqda va bir kun kelib asosiy tarkibda o‘ynashiga umid qilamiz» – dedi Peres u haqida fikr bildirarkan.
Ammo klubning «eski armiya»sini hisobdan chiqarish ham ahmoqlik bo‘ladi. «Oltin to‘p»ning amaldagi sohibi 33 yoshda bo‘lishiga qaramay hamon foydasi tegadi. Serxio Ramos, Toni Krooslar ham yoshlari o‘tayotganiga qaramay to‘g‘ri yo‘nalishda. Marselo esa o‘z pozitsiyasida eng zo‘rlaridan biri.
Oldingi chiziqda esa Garet Beyl va Karim Benzema Ronalduning yo‘qligini bildirmaslikka harakat qilishmoqda. «Chelsi»dan olib kelingan Tibo Kurtua esa hali 26 da va Luning o‘zini ko‘rsatishni biroz kutib turishiga to‘g‘ri keladi.
Ushbu futbolchilar yaqin yillarda jamoada boshqa vazifani bajarishlari ham mumkin. Boisi Dias, Rodrigo va Odegaardlar ularga kuchli raqobatni tashkil qilishadi. Ammo hozirdanoq bir narsa aniq, Peresning oldingi transfer siyosatidan voz kechib e’tiborni yoshlarga qaratishi madridliklarning yaqin kelajagi dahshatlik ko‘rinish hosil qilishiga sabab bo‘ladi.
Fikrlar