
"Real" yaqin soatlar ichida Lopetegini ishdan oladi
"Real" Madrid bugunning o‘zida jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegini iste’foga chiqarishi kutilmoqda.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ketma-ket mag‘lubiyatlardan so‘ng “qirollik klubi” rahbariyati jahl otiga mingan va ular 52 yoshli mutaxassisdan tezroq qutulishmoqchi. Ushbu iste’fo borasida yaqin soatlar ichida e’lon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Lopetegi JCh-2018 boshlanishiga bir kun qolganida “Real”ni tanlagan edi. Jamoa uning qo‘l ostida qatorasiga 5ta o‘yindan (1ta durang, 4ta mag‘lubiyat) g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda.
Fikrlar