
“Real” qiyinchilik bilan “Betis”ni mag‘lub qildi (Video)
Ispaniya La Ligasi 19-turida “Betis” hamda “Real” jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi. Sevilyadagi “Estadio Benito Vilyamarin” stadionida kechgan uchrashuvda madridliklar 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvning 13-daqiqada Luka Modrich hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Serxio Kanales muvozanatni tikladi. O‘yin so‘nggida esa Dani Sebalos gol kiritib, madridliklarga g‘alaba keltirdi.
Fikrlar