
"Real" "Portu" futbolchini tekinga tarkibga qo‘shib olishi mumkin
“Real” klubi “Portu” yarim himoyachisi Ektor Errerani Madridga olib kelishni rejalashtirmoqda.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, transfer “qirollik klubi”ga tekinga tushadi va o‘yinchi erkin agent sifatida jamoaga qo‘shiladi. Bu variant 2019 yilning yozida yuz berishi mumkin. O‘shanda futbolchining “Portu” bilan tuzgan shartnoma yakuniga etadi.
Hozirda u jamoa bilan kelishuvni uzaytirmoqchi emas va o‘z omadini yanada kuchliroq klubda sinab ko‘rmoqchi. Yanvardan u boshqa jamoalar bilan muzokaralar o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi. Unga “Inter” qiziqish bildirmoqda.
28 yoshli meksikalik futbolchi bu mavsum “Portu” safida beshta o‘yinda bitta golga mualliflik qilgan.
Fikrlar