
"Real" Modrichga yangi shartnoma taklif qiladi
Madridning "Real" klubi rahbariyati jamoa etakchilaridan biri hisoblangan Luka Modrichning kelajak faoliyati borasida bir qarorga keldi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 33 yoshli xorvatiyalik futbolchi bilan kelishuvni uzaytirmoqchi. Ular Modrichga 2021 yoki 2022 yilga qadar tuzilgan yangi shartnoma taklif qilishadi. Yangi kelishuvga ko‘ra esa futbolchining maoshi oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Modrisning ayni damdagi yillik maoshi 10,5 mln evroni tashkil etadi. Uning amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Modrich joriy mavsum “Real” safida jami 30ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar