"Real" Benzemaning gaplariga quloq solmadi

  • 3 sentabr, 2018, 17:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid forvardi Karim Benzema klub prezidenti Florentino Peresga o‘zining Frantsiya terma jamoasidagi sobiq jamoadoshi Xatem Ben Arfa bilan shartnoma imzolashni tavsiya qilgan. Bu haqda ActuFoot nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Gap shundaki, PSJ bilan shartnomasi yakunlangan 31 yoshli futbolchi bu yoz erkin agent maqomida yurdi va Benzema aynan “qirollik klubi”ga tajribali sherigini tarkibga qo‘shib olishni tavsiya qilgan. Biroq, “Real” rahbariyati futbochining tavsiyasiga quloq solmadi va Ben Arfaga qiziqish bildirmadi.

Eslatib o‘tamiz, Ben Arfa bundan bir necha kun oldin “Renn” klubi bilan shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!