
Ravshanbek Umurzoqov ettinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Rossiyaning Ekaterinburg shahrida tashkil etilgan professional boks kechasida hamyurtimiz Ravshanbek Umurzoqov o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
8 raund etib belgilangan to‘qnashuvda o‘z ustunligini namoyish qilgan Ravshanbek raqibi filippinlik Rimer Metudani (12-5-1) muddatidan oldin mag‘lub etishning uddasidan chiqdi.
Bu bilan Ravshanbek professional ringdagi ettinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bungacha u 6 ta jang o‘tkazib, barchasida zafar quchgan. Shulardan 5 tasi nokaut.
Fikrlar