
Rasman! “Vest Xem” MYu sobiq futbolchisini sotib oldi
Angliyaning “Vest Xem” jamoasi “Bayer” hujumchisi Xaver Ernandesni sotib olganini e’lon qildi. Yaqin kunlarda 29 yoshli futbolchi “bolg‘achilar” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi xamda jamoa bilan shartnoma imzolaydi.
Ilgariroq, Sky Sports “Vest Xem” meksikalik forvard uchun “Bayer”ga 13 mln funt berishga tayyor ekanligi haqida xabar bergan edi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” jamoasining sobiq futbolchisi 2015 yildan buyon “dorishunoslar” safida to‘p surib kelmoqda va nemis jamoasi safida 76 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazib, 39 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar