
Raneri "Fulxem" futbolchilarini burger bilan mehmon qilishga va’da berdi, faqat...
Londonning "Fulxem" klubi yangi bosh murabbiyi Klaudio Raneri o‘z futbolchilarinining motivatsiyasini burgerlar yordamida yuqori darajaga olib chiqishini aytib o‘tdi.
Gap shundaki, jamoa o‘z darvozasidan to‘p olib chiqmagan har bir o‘yin uchun, italiyalik mutaxassis shogirdlarini bepul fastfud bilan mehmon qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Raneri 2015/16 yilgi mavsumda "Lester Siti"ni boshqargan vaqtida aynan har bir "quruq" o‘tkazilgan o‘yin uchun butun jamaoni pitstsa bilan mehmon qilgan va yakunda "tulkilar" Premer-ligada g‘olib chiqqan edilar.
"Endi pitstsa kor qilmaydi. Men futbolchilarimga bundan ko‘prog‘ini va’da qilishim kerak. Bu borada eng yaxshi variant sifatida fastfud restoranlarini tanladim. Umid qilamanki, menga yaqin orada butun jamoani burger bilan mehmon qilish nasib etadi", - deb aytib o‘tdi italiyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun "Fulxem" ayni vaqtda 5 ochko bilan turnir jadvalida so‘nggi, 20-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar