
Qizil guruhda ham barcha yarim finalga chiqish imkoniyatni saqlab qoldi
Ertaga “Qizil guruh”da yaponiyalik Naomi Osaka gollandiyalik Kiki Bertens bilan, germaniyalik Anjelik Kerber esa yaponiyalik Sloan Stivens bilan o‘zaro raqobatlashadi. Agar Kerber va Bertens uchrashuvi uch set davom etsa, u holda 1/2 finalning ikki chiptasi Kerber, Bertens va Stivens o‘rtasida hal bo‘ladi.
G‘alabalar va yutib olingan setlar soni teng bo‘lib qolgan taqdirda qo‘lga kiritilgan geymlarga murojaat qilinadi. Agar Bertens Osakani ikki setda taslim etsa, Kerberning g‘alabasidan qat’iy nazar gollandiyalik tennischi guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritadi. Anjelik esa ikkinchi bo‘ladi.
Biroq, Kerber raqibini ikki setda engib, Bertens uchta setda zafar quchsa, bu holda germaniyalik tennischi guruhda peshqadam bo‘ladi. Gollandiya vakilasi esa ikkinchi o‘rin bilan yarim finalga yo‘l oladi.
Fikrlar