
Qilichbozlarimiz jahon chempionatida ishtirok etishadi
19-27 iyul kunlari Xitoyning Vuxi shahri qilichbozlik bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bellashuvlariga mezbonlik qiladi. Sayyorramizning eng kuchli qilichbozlari jam bo‘ladigan musobaqada terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etishadi.
Terma jamoamiz murabbiylar shtabi ushbu turnirda 6 nafar sporchtilarni tanlab olishdi. Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Malika Hakimova hamda Veronika Rojkova yurtimiz sharafini himoya qilishsa, yigitlarimizdan Oleg Sokolov, Javohir Nurmatov, Roman Aleksandrov hamda Fayzulla Alimov qatnashadi.
Fikrlar