
Qatar JCh-2022ning yagona mezboni bo‘lmasligi mumkin
FIFA prezidenti Janni Infantinoning so‘zlariga ko‘ra agar 2022 yilgi jahon chempionatida ishtirokchilar soni 32ta emas 48taga etkaziladigan bo‘lsa, u holda Qatar mundialning yagona mezboni bo‘lmasligi mumkin.
“2022 yilgi jahon chempionatining ayrim uchrashuvlarini Qatardan boshqa davlatda o‘tkazish varianti ham mavjud”, - deydi Infantino.
Eslatib o‘tamiz, Qatardagi mundialda dastlab 32ta terma jamoa ishtirok etishi belgilab qo‘yilgan edi. Ammo, FIFA hozirda mundial ishtirokchilari sonini oshirish ustida ishlamoqda.
Fikrlar