
Putin Infantinoni "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirladi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin FIFA prezidenti Janni Infantinoni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.
“2018 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishda va uni o‘tkazishda munosib hissa qo‘shganligi uchun Xalqaro futbol federatsiyasi prezidenti, Shveytsariya Konfederatsiyasi hamda Italiya Respublikasi fuqarosi Infantino Jovanni Vinchentso “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlansin”, - deyiladi farmonda.
Fikrlar