
Povetkin faoliyatini tugatmaydi. Keyingi jang Angliyada
Rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin faoliyatini davom ettirish istagi borligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, keyingi jang Angliyada bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik “Uembli”da bo‘lib o‘tgan jangda britaniyalik Entoni Joshuaga imkoniyatni boy berib, 7-raundda nokautga uchragan edi. Chempion esa og‘ir vazn toifasida WBA Super, WBO, IBF va IBO kamarlarini himoya qildi.
– Boksda faoliyatimni davom ettirish istagi bor, – deydi Povetkin Instagram sahifasida videorolikda. – Sog‘liq ajoyib, kayfiyat ham. Boksdan ketishni rejalashtirganim yo‘q.
– Men jang qilaman. Tez orada, aprel oyida Angliyada. Kim bilan bo‘lishini bilmayman, – deydi bokschi. – Yana qancha jang bo‘lishini aytish qiyin. O‘ylaymanki, barchasi mening kayfiyatimga bog‘liq. Hozircha esa u bor. Oldinda faqatgina bir yoki ikkita jang bilan cheklanib qolmayman.
Fikrlar