Pogbaning agenti uni "Barselona"ga o‘tishga undamoqda

  • 7 avgust, 2018, 16:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogbaning agenti Mino Rayola mijozining "Barselona"ga ko‘chib o‘tishiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli frantsuzning agenti uni mankuanliklar rahbariyati bilan mojaro keltirib chiqarishga va shu yo‘l bilan o‘zini tezroq “Barselona”ga sotib yuborishlariga undamoqda.

Hozircha Pogbaning "Old Trafford"dan ketishiga yagona sabab sifatida uning jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino bilan o‘rtalarida sodir bo‘lgan janjal aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!