
Pogbaga da’vogarlar qatoriga yana bir grand klub qo‘shildi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaga xaridorlar soni yana bittaga ko‘paydi. Bu haqda Le 10 Sport nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha 25 yoshli frantsiyalik futbolchiga PSJ klubidan ham jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Unga ko‘ra agar Pogba “Old Trafford”dan ketadigan bo‘lsa, parijliklar uni sotib olish uchun jiddiy kurashishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya terma jamoasi a’zosi uchun shuningdek "Barselona" va "Yuventus" klublari ham kurash olib borishmoqda.
Fikrlar