
Pogba MYu rahbariyatidan qishda uni transferga qo‘yishlarini talab qilmoqda
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba jamoa rahbariyatidan o‘zini transferga qo‘yishlarini so‘ramoqda. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatdi.
Unga ko‘ra 25 yoshli frantsiyalik futbolchi qishki transferlar davrida “qizil iblislar”dan o‘zining “Yuventus”ga qaytish imkoniyatidan foydalanishga ruhsat berishlarini so‘ramoqda. O‘z navbatida turinliklar ham iqtidorli futbolchini yana "Alyants Stedium"da ko‘rishga qarshi emas.
Eslatib o‘tamiz, Pogbaga shuningdek “Barselona” va “Manchester Siti” klublaridan ham jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.
Fikrlar