
Pike: Ramosga ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatilishi shart edi
Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Jerar Pike kecha “Real”ga qarshi Ispaniya kubogi yarim final dastlabki bahsini boshqargan Mateu Laos boshchiligidagi hakamlar brigadasidan norozi ekanligini yashirmadi.
“Hakamning fikrlashlari g‘alati bo‘ldi va biz bunga ko‘nikishimiz kerak edi. Serxio Ramos ikkinchi sariq kartochkasini olishi kerak edi. Ammo biz bu vaziyatda nima ham qila olardik? Umumiy olganda esa “Barselona” o‘yinni ajoyib o‘tkazdi”, - deydi Pike.
Eslatib o‘tamiz, kechagi uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Ushbu jamoalarning javob bahsi esa 27 fevral kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar