
Peres bugun Kontening akasi bilan uchrashadi
“Real” klubi prezidenti Florentino Peres bugun taniqli jurnalist va Antonio Konte akasi Tankredi Palmeri bilan uchrashadi. Konte jamoaning hozirgi ustozi Xulen Lopetegi iste’foga chiqarilgan taqdirda bosh murabbiylikka asosiy nomzod sifatida qaralmoqda.
– Peres bugun Kontening akasi bilan uchrashishni rejalashtirgan. Agar kelishuv amalga oshadigan bo‘lsa, uni e’lon qilish keyingi kunga qolmaydi. Solari “Melile” bilan bo‘ladigan Ispaniya kubogi bahsida vazifani bajaruvchi sifatida bo‘ladi, – deb yozadi Palmeri o‘zining Tvitter sahifasida.
Lopetegi “Real”ni yozda qabul qilib olgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa 9-o‘rinda bormoqda. Kechagi “El klasiko”da madridliklar “Barselona”ga yirik hisobda (1:5) imkoniyatni boy berishdi.
Fikrlar