Pakyao va Freddi Rouch hamkorlikni tiklay olishmayapti

  • 21 noyabr, 2018, 20:26
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Taniqli murabbiy Freddi Rouch va sakkiz vazn toifasining sobiq jahon chempioni Menni Pakyao hamkorlikni tiklash bo‘yicha kelishuvga erisha olmayotir.

Tecno

Avvalroq filippinlik bokschi kelasi yili 19 yanvar kuni Edrien Bronerga qarshi jangga Rouch qo‘l ostida tayyogarlik ko‘irishini ma’lum qilgan edi. Lukas Mattissega qarshi to‘qnashuvga Pakyao Freddi bilan emas, uning yordamchisi Buba Fernandes bilan shug‘ullangan edi.

Gap shundaki, Menni 2017 yili Jeff Xorndan mag‘lubiyat qabul qilgandan keyin Rouch bilan yuzma-yuz gaplashmagan. Men shartnoma tuzish uchun bormayman. Hozircha Menni chaqirgani ham yo‘q. Men Pakyaoga 15 yil davomida otasidek bo‘ldim. Agar menga qo‘ng‘iroq qilmasa, hamkorlik bo‘lmaydi, – deya Rouchning so‘zlarini keltiradi BoxingScene nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!