
PSJ Kante bilan muzokaralarni ijobiy tarzda yakunladi
PSJ, "Real" va "Barselona" klubi "Chelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kantega katta qiziqish bildirmoqda.
27 yoshli futbolchining transferi 110 million evro evaziga amalga oshishi kutilmoqda.
PSJ sport direktori Anteru Enrike Kantening vakillari bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishishdi, xavbekni parijliklar tomonidan belgilangan yillik maosh ham qoniqtirgan.
Shuni aytib o‘tish joizki, Kante o‘zi ham jamoasini o‘zgartirishni xohlayapti, bunga sabab keyingi mavsum "aristokratlar" Evropa ligasida ishtirok etishadi, PSJ esa chempionlar ligasida o‘z kuchini sinab ko‘radi.
Ammo transferning amalga oshmasligi ham mumkin, bunga sabab UEFA klubning moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmasligiga katta e’tibor qilmoqda.
Aytib o‘tish joizki, PSJ Kantening transferini amalga oshirishi uchun Anxel Di Mariya, Gonsala Gedesh, Gjegoja Kryxovyak va Xese Rodriges kabi futbolchilarni sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar