O‘zil va Gyundogan Turkiya prezidenti bilan uchrashishdi (foto)

  • 15 may, 2018, 18:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi yarim himoyachilari Mesut O‘zil va Ilkay Gyundogan Londonda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan uchrashishdi.

Tecno

«Arsenal» va «Manchester Siti» klubi futbolchilari davlat rahbariga o‘zlarining liboslarini sovg‘a qilishdi va birga suratga tushishdi.

Erdo‘g‘on etakchiligidagi “Adolat va rivojlanish partiyasi” (AK Parti) shuningdek prezident va «Everton»ning turkiyalik hujumchisi Jenk Tosun bilan tushgan suratini ham e’lon qildi.

Qayd etish lozimki, bundan avvalroq Bundestag vakillari va nemis futboli rahbariyati O‘zil va Gyundoganning terma jamoadagi xatti-harakatlarini jiddiy tanqid ostiga olishgan hamda ularga yurakdan futbol o‘ynashni tavsiya qilishgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zil va Gyundogan asli turk millatiga mansub, biroq Germaniyada tug‘ilishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!