
O‘zbekistonlik hakam Xitoy - Bangladesh uchrashuvini boshqaradi
Xabaringiz bor Edita Mirobidova va Kristina Sereda Ayollar o‘rtasidagi U-16 Osiyo chempionati saralashidan o‘rin olgan uchrashuvlarda ishlashmoqda.
Avvalroq, hamyurtlarimiz «B» guruhidan o‘rin olgan Xitoy - Myanma uchrashuvini boshqarib borishgandi. Bugun Xitoy terma jamoasi Bangladeshga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o‘yinni ham Edita Mirobidova boshqaradi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda. Unga qanotda Kristina Sereda yordam beradi. Uchrashuv «Mandalar Thiri» stadionida Toshkent vaqti bilan soat 13:30da boshlanadi.
Saralash bahslari 6 mart kuniga qadar davom etadi.
Fikrlar