O‘zbekistonlik akrobatlar Qozog‘istondagi musobaqada sovrindor bo‘lishdi

CHERY AUTO

Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Rossiyadan 12 jamoa ishtirok etdi. 180 nafar sportchi qatnashgan turnirda vakillarimiz 2 ta oltin va 1 ta kumush medaliga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

13-19 yoshli sportchilar o‘rtasidagi bahslarda Doston Najmiddinov – Timur Ibragimov (Toshkent) tandemi, shuningdek, Sitora Qosimova, Milena Zaborskaya, Anastasiya Pak(Toshkent) uchligi oltin medalni qo‘lga kiritdi. 12-18 yoshli sportchilar orasida esa Shahzod Jumaqulov, Damir Xafizov, Diyorbek Kamoliddinov va Abdullo Naimov (Samarqand) lardan tashkil topgan guruh shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!