
O‘zbekiston U-18 terma jamoasi nazorat uchrashuvida "Bunyodkor" va "Lokomotiv" yoshlarini mag‘lubiyatga uchratdi
Xabaringiz bor shu kunlarda Otabek G‘ulomxo‘jaev boshchiligidagi O‘zbekiston U-18 terma jamoasi "Chig‘atoy" sport majmuasida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazmoqda.
Ushbu yig‘in ikki bosqichda o‘tkazilib, unda 50 nafar futbolchi qatnashishi rejalashtirilgan. Yig‘inning birinchi qismida 25 nafar futbolchi sinovdan o‘tkazildi. Shu bilan birga bir qator nazorat uchrashuvlari ham tashkil etildi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra O‘zbekiston U-18 terma jamoasi dastlab "Bunyodkor" yoshlarini 2:0 hisobida, keyin esa "Lokomotiv" yoshlarini 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.
Endilikda ushbu terma jamoa yig‘inining ikkinchi qismini boshlaydi. Bu yig‘inga ham yana 25 nafar futbolchi taklif etilgan.
Otabek G‘ulomxo‘jaev mazkur yig‘in davomida terma jamoaning asosini shakllantirish bilan birga, yangi futbolchilarni ham sinovdan o‘tkazib olmoqda.
Fikrlar