
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi O‘FA bilan hamkorlikda OAV xodimlari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazadi
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ko‘magida televidenie, radio, matbuot nashrlari, internet saytlari, nashriyot-matbaa ijodiy uylari jamoalari o‘rtasida Agentlik kubogi uchun mini-futbol musobaqasini o‘tkazadi.
Uchrashuvlar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan ajratiladigan tajribali hakamlar ishtirokida mini-futbol qoidalariga ko‘ra tashkil qilinadi.
G‘oliblar quyidagi ko‘rinishda mukofotlanadi:
1-o‘rinni egallagan jamoa a’zolarining har biriga kitoblar jamlanmasi, musobaqa kubogi hamda jamoaga 10 million so‘m pul mablag‘i.
2-o‘rinni egallagan jamoa a’zolarining har biriga kitoblar jamlanmasi hamda jamoaga 8 million so‘m pul mablag‘i.
3-o‘rinni egallagan jamoa a’zolarining har biriga kitoblar jamlanmasi hamda jamoaga 6 million so‘m pul mablag‘i.
Shuningdek, “Eng yaxshi o‘yinchi”, “Eng yaxshi to‘purar”, “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi yarim himoyachi” hamda “Eng yaxshi himoyachi” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanadi va pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Bugungi kungacha O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, “Nuroniy”, “Xalq so‘zi”, “Ma’rifat” – “Uchitel Uzbekistana”, “Mahalla”, “Yoshlar ovozi” gazetalari tahririyatlari, “Tasvir” ijodiy uyi, uza.uz tahririyati, kun.uz internet nashri, G‘afur G‘ulom va Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, “O‘qituvchi” NMIU, “Sharq” nashriyot-matbaa kontserni, Toshkent viloyat matbuot va axborot boshqarmasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Uzreport TV”, “Zo‘r TV”, “Madaniyat va ma’rifat” telekanallari musobaqada ishtirok etish uchun ariza hamda jamoalar ro‘yxatini topshirdi.
Futbol uchrashuvlari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining sun’iy qoplamali maydonlarida 2018 yilning 1-5 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar