Otabek Shukurov: Osiyo Kubogida hamma raqibni hurmat qilish kerak

  • 10 yanvar, 2019, 13:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
O‘zbekiston MTJ yarim himoyachisi Otabek Shukurov Osiyo Kubogidan o‘rin olgan Ummonga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ummonga qarshi uchrashuv qiyin kechdi. Osiyo Kubogi kabi katta musobaqalarda birinchi o‘yinlar ko‘pincha qiyin kechadi. Raqibimiz maydonda yaxshi harakat qildi. Ammo biz ustunlikni o‘zimiz tomon og‘dirishga muvaffaq bo‘ldik. 

Terma jamoamiz uchun juda muhim bo‘lgan g‘alabani qo‘lga kiritdik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida o‘zimga qadrdon bo‘lgan "Sharja" stadionida to‘p surganimdan mamnunman. "Sharja" klubining barcha vakillari va muxlislariga bizni qo‘llab-quvvatlab turishgani uchun minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman. 

Endilikda keyingi o‘yinlarga tayyorgarlikni davom ettiramiz. Oldinda bizni jiddiy o‘yinlar kutib turibdi. Osiyo Kubogida hamma raqibni hurmat qilish kerak. Har bir terma jamoa musobaqaga katta maqsadlar bilan kelgan", - dedi Otabek Shukurov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!