
Otabek Shukurov: Kim o‘ziga ishonsa, penaltini o‘sha tepadi
Ektor Kuperning "oq bo‘rilar" boshqaruvidagi dastlabki o‘yini 1:1 natijasi bilan yakun topdi. Uchrashuvdan so‘ng terma jamoamiz va "Sharja" klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov bellashuv borasidagi o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi.
"Yangi murabbiyning ilk o‘yinini o‘tkazdik. Bu juda og‘ir bo‘ladi. Biz ham kelganimizga endigina 3 kun bo‘ldi. Yangi taktika va sxemalarni qo‘llash qiyinroq. Kuper ko‘proq himoyada to‘g‘ri harakat qilishni va hujum qilishni ham tayinladi. Uchrashuv juda og‘ir o‘tdi va shu bois himoyaga yotishga majbur bo‘ldik.
Penaltini kim o‘ziga ishonsa o‘sha amalga oshiradi. Menga ishonib topshirishganda men ham amalga oshirishga tayyor edim. Buning ahamiyati yo‘q. Kim tepishidan qat’iy nazar jamoa foydasiga bo‘lsa bo‘lgani.
O‘yindan-o‘yinga kuchayib borishga harakat qilamiz. Yangi murabbiy, yangi futbolchilar, yangi mashg‘ulotlar, umuman hammasi yangi. Shuning uchun, bundan keyingi o‘yinlar oson bo‘ladi deb o‘ylayman. Unda biz murabbiyni yaxshi tushunib olgan bo‘lamiz. Shu bois, Eron bilan bo‘ladigan o‘yin oson o‘tsa kerak”, – dedi Shukurov “Sport” telekanali efirida.
Fikrlar