
O‘smirlar Olimpiadasi. O‘zbekiston sport delegatsiyasi Argentinaga etib bordi
Nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini sportning 16 turida 37 nafar sportchi himoya qiladi.
Bugun delegatsiyamizning asosiy qismi o‘yinlar o‘tkaziladigan Buenos-Ayres shahriga etib bordi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.
«Ezeiza International» xalqaro aeroportida vakillarimizni Milliy olimpiya qo‘mitasining ishchi guruhi a’zolari kutib olishdi.
Ma’lumot uchun, III yozgi o‘smirlar Olimpiadasida jahonning 206 mamlakatidan 15-18 yoshdagi 3926 nafar sportchi ishtirok etadi. 32 sport turida bahslar tashkil qilinadi. O‘yinlarda ilk marotaba ishtirokchi o‘g‘il-qizlar soni mutanosibligi vujudga kelgan (1963 nafardan).
Eslatib o‘tamiz, o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarning tantanali ochilish marosimi 6 oktyabr (Toshkentda 7 oktyabr tongi) kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar