
“Olmaliq” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”dan ustun keldi
Bundan biroz oldin Olmaliq shahridagi “OKMK” stadionida Oliy Liga 18-turidan o‘rin olgan “Olmaliq” va “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Dastavval, Vladislav Kasminin hisobni ochdi. 32-daqiqada esa Zafar Polvonov hisobni mustahkamladi.
Ikkinchi bo‘lim avvalida esa Valentin Kovalenko mezbonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrli jarima zarbasini esa Sanjar Rashidov bexato bajardi va hisobni qisqartirdi.
Uchrashuvda boshqa hisob o‘zgarmadi va “Olmaliq” ikkinchi davradagi o‘zining ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
19 avgust (shanba)
Oliy liga. 18-tur
19.00 «Olmaliq» (Olmaliq) – «So‘g‘diyona» (Jizzax) 2:1 #Tugadi
Gol: Vladislav Kasminin(2), Zafar Polvonov(32) - Sanjar Rashidov(51)
"Olmaliq": Akbar To‘raev, Dilshod Jo‘raev, Shoxnazar Norbekov, Lutfulla To‘raev, Kamoliddin Murzoev, Shavkat Mullajonov, Islom Inomov, Zafar Polvonov, Rahmatullo Berdimurodov, Sanjar Rihsiboev, Vladislav Kasminin.
Zaxira: Nizomiddin Ziyovuddinov, Abduqahhor Xojiakbarov, Vusol Magerramov, Shota Grigalashvili, Viktor Klishin, G‘ulom Haydar G‘ulomov, Igor Yelich
"So‘g‘diyona": 16. Muzaffar Abdullaev, 2. Sardor Qulmatov, 7. Sanjar Rashidov(s), 8. Suxrob Qobilov, 17. Ixtiyor Toshpulatov(Shoxrux Dostonov 46), 18. Qaxramon Baxodirov, 27. Otabek Valijonov, 47. Sherzod Jalilov, 55. Sardor Qaxxorov, 77. Sardor Eminov, 91. Javlon Guseynov.
Zaxira: 99. Shirinboy Abdullaev, 3. Azamat Isroilov, 4. Elyor Orifov, 10. Alisher Maxmudov, 11. Shoxrux Dostonov, 15. Izzatilla Abdullaev, 59. Sarvar Jo‘raev.
Ogohlantirishlar: Suxrob Qobilov(15)
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), I. Xudaydatov (Toshkent)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
PFL vakili: N. Lutfulin.
Fikrlar